Pomidor emas — vaksina! O‘zbek olimlarining yangi kashfiyoti — video

Nima uchun aynan pomidor? Kartoshka yoki sabzidan vakitsina qilsa bo‘lmaydimi? Yana qanday oziq-ovqatlar yordamida vaksina yaratish mumkin?
Sputnik
TOMAVAC — bu o‘zbek olimlari tomonidan yaratilgan COVID-19 ga qarshi vaksina. Uni yaratish uchun O‘zFA Genomika va bioinformatika markazining 15 nafar olimlari ikki yil davomida izlanishlar olib borishgan.
Sichqonlar va 20 nafar ko‘ngillilarda olib borilgan tajribalar natijasida TOMAVAC inson qoni va ichaklarida koronavirusni neytrallovchi antitanachalar hosil qilishi isbotlandi.

“Nega aynan pomidor? Virus oqsillarini organizmga yetkazish uchun mahsulot pishirilmasligi kerak. Agar kartoshkani tanlaydigan bo‘lsak, u pishiriladi. Pishirilish jarayonida yuqori temperaturada oqsil parchalanib ketadi. Undan keyin hech qanday natija bo‘lmaydi”, deya tushuntirdi biologiya fanlari nomzodi Shuhrat Shermatov.

Mahsulotni qayerdan olish mumkin? Uning inson organizmga zarari yo‘qmi? Bu va boshqa savollarga Sputnik O‘zbekiston videolavhasi orqali javob oling.