TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Rossiyaning Ukraina Qurolli kuchlari oldidagi ustunligi faqat kuchayadi va G‘arbning muzokaralardagi pozitsiyasi zaiflashadi. Bu haqda Markaziy razvedka boshqarmasining Rossiya tahlili bo‘yicha sobiq direktori Jorj Bibi "Daniel Davis / Deep Dive" kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Menimcha, rossiyaliklar aniq g‘alaba qozonmoqda. Va ularning afzalliklari vaqt o‘tishi bilan o‘sib boradi, kamaymaydi", — deb hisoblaydi ekspert.
Bibining ta’kidlashicha, Rossiya armiyasi Ukrainaning harbiy salohiyatini "maydalash"da juda samarali. Uning fikricha, Ukraina Qurolli kuchlarining mudofaasi Rossiya tomonidan yetkazilgan og‘ir yo‘qotishlar tufayli ertami-kech oddiygina barbod bo‘ladi.
Jabhaning qulashi G‘arbning Kiyevda "o‘z manfaatlarini" ta’minlash uchun har qanday imkoniyatdan mahrum bo‘lishiga olib keladi.
“O‘ylaymanki, agar biz bu yo‘nalishda davom etsak (mojaroni cho‘zish uchun – tahr), u holda <...> Rossiya o‘z pozitsiyasini tobora mustahkamlab boradi”, — deydi tahlilchi.