Isroil-Falastin mojarosi

Isroilning G‘azo sektorini tiklash rejasining tafsilotlari ma’lum qilindi

Daily Beast: Isroil AQSh boshchiligidagi guruh G‘azoni qayta qurishini xoxlamoqda.
Sputnik
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Isroil G‘azo sektorida Falastinning HAMAS harakati yo‘q qilinganidan so‘ng anklavni qayta tiklash uchun AQSh boshchiligidagi ko‘p millatli maxsus guruh shug‘ullanishini xohlamoqda. Bu haqda Isroil mudofaa vaziri Yoava Galantga tayanib, "Daily Beast" xabar berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Galantning taklifi G‘azoda qayta qurish ishlarini AQSh boshchiligidagi ko‘p millatli maxsus guruhga topshirishni va fuqarolik ishlarini HAMAS bilan aloqasi bo‘lmagan falastinliklarga topshirishni tavsiya qiladi”, — deyiladi nashr xabarida.
Qayd etilishicha, ushbu taklifga ko‘ra, mojarodan so‘ng anklavda Isroil fuqarolari ishtiroki bo‘lmaydi. Biroq, aniqlik kiritilishicha, Isroil “G‘azo sektorida operatsiya erkinligini saqlab qoladi”.
Isroil-Falastin mojarosi
Isroil G‘azo sektorida o‘z maqsadlariga erisha olmadi — tahlilchi