Isroil-Falastin mojarosi

Xitoy G‘azo bo‘yicha yirik xalqaro konferensiya o‘tkazishga chaqirmoqda

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I G‘azo bo‘yicha yirik xalqaro konferensiya o‘tkazishga chaqirdi.
Sputnik
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Xitoy G‘azo sektori mojarosini hal qilish uchun kengroq va nufuzli tinchlik konferensiyasini o‘tkazishga chaqirmoqda. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Van I ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Van I Qohirada misrlik hamkasbi Sameh Shukri bilan uchrashgandan so‘ng jurnalistlarga bergan intervyusida "Ikki davlat yechimini amalga oshirish Falastin muammosini adolatli hal qilishning muqarrar yo‘lidir" , dedi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Falastin muammosini hal qilishning mohiyati tarixiy adolatsizlikni tuzatish, shuningdek, Falastin xalqiga nisbatan adolatni imkon qadar tezroq tiklashdan iborat.

“Xitoy "ikki davlat" barpo etish qarorini amalga oshirish uchun aniq muddat va rejani belgilash maqsadida kengroq, nufuzli va samarali xalqaro tinchlik konferensiyasini o‘tkazishga chaqiradi", — dedi Van I.

Xitoy TIV rahbari, shuningdek, Falastin va Isroil o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarini tezroq qayta boshlashni qo‘llab-quvvatlash zarurligini ham qayd etdi.