Tayvan Xitoy hududining ajralmas qismi – O‘zbekiston TIV

Tashqi ishlar vazirligi Tayvanda o‘tkazilgan saylovlar yuzasidan bayonot berdi.
Sputnik
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Tayvan Xitoy hududining ajralmas qismi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
O‘zbekiston tomoni Tayvanda bo‘lib o‘tgan saylovlar bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
“Yagona Xitoy tamoyilini qat’iy qo‘llab-quvvatlashimiz va Xitoy Xalq Respublikasi hukumati Xitoyning yagona qonuniy hukumati, Tayvan esa Xitoy hududining ajralmas qismi ekanligini yana bir bor ma’lum qilamiz", — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston ikki sohil o‘rtasidagi munosabatlarning tinch yo‘l bilan rivojlanishining qat’iy tarafdori hamda XXR hukumatining Xitoyni birlashtirish yo‘lidagi barcha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Szinpin Baydenni Tayvan masalasida jiddiy ogohlantirdi - OAV