Andijon viloyatida Xitoy bilan hamkorlikda yana bitta GES quriladi

Hududda yangi GES qurish loyihasi bo‘yicha dastlabki o‘rganishlar amalga oshirilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Andijon viloyatning Izboskan tumanida yana bitta GES quriladi, deya xabar berdi viloyat hokimligi.
Qayd etilishicha, Xitoyda imzolangan kelishuvlarga asosan Andijonga hamkorlar tashrif buyurgan. Ulardan bir guruhi Izboskan tumanida bo‘ldi.
“Hududda yangi GES qurish loyihasi bo‘yicha dastlabki o‘rganishlar amalga oshirilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, bundan avval viloyat hokimi boshchiligida Izboskan tumanida 3,2 megavattlik GES qurilishi boshlangan edi. Bugun qad rostlab ulgurgan bu GESning o‘zi tumanning 3/1 qismini elektr energiyasi bilan ta’minlash quvvatiga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo dunyodagi gidroenergetika salohiyatining 25 foizdan kamrog‘i rivojlangan sanoqli hududlardan biridir. Ayni paytda viloyatda 80 dan ortiq GES mavjud bo‘lib, ularning umumiy o‘rnatilgan quvvati qariyb 14 ming MVtni tashkil etadi.
Bugungi kunda O‘zbekiston gidroenergetika quvvatlari mavjud salohiyatga nisbatan 2-3 barobar kam. Mutaxassislar hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston gidroenergetika salohiyati 8 ming megavattni tashkil qiladi.
“Yashil energiya” sertifikatini berish tartibi belgilandi
2024 yilda O‘zbekiston GESlari 7,4 milliard kVt elektr energiyasi ishlab chiqaradi