TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Ayova shtatida o‘z tarafdorlari oldida chiqishida dunyo hech qachon uchinchi jahon urushi boshlanishiga bu qadar yaqin bo‘lmaganini aytdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Menimcha, biz hech qachon hozirgidek uchinchi jahon urushi xavfiga duch kelganmiz. Men har bir chiqishimda aytganimdek, uchinchi jahon urushining oldini olaman, men bu odamlarning hammasini bilaman”, — dedi u.
Siyosatchiga ko‘ra, AQSh Jo Bayden boshqaruvi ostida dunyo sahnasida fikri inobatga olinmaydigan "zaif va samarasiz davlat"ga aylandi.
“Bayden nihoyatda qobiliyatsiz. U faqat saylovlarda aldashni biladi. Ular (demokratlar) saylov natijalarini soxtalashtirishda, shuningdek, siyosiy raqiblarini ta’qib qilishda ham zo‘r. Ular boshqa hech narsani bilmaydi”, — deya ta’kidladi AQShning sobiq prezidenti.
Tramp uchinchi jahon urushi, agar u boshlansa, ikki raqibning armiyalari va harbiy texnikasi o‘rtasidagi odatiy jang maydoni bo‘lmaydi, degan da’voni bildirdi.
“Bu Birinchi va Ikkinchi Jahon urushlari bilan bir xil emas. Ular dahshatli edi, lekin bu ancha katta bo‘ladi, bu yo‘q qilish bo‘ladi ", — deya qo‘shimcha qildi siyosatchi.
Ukrainadagi mojaroga chek qo‘yish va muzokaralarni boshlashning yagona yo‘li — moliyalashtirishni qisqartirish, bu fikrni AQShning sobiq prezidentning o‘g‘li kichik Donald Tramp X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida bildirdi.