“Ular yo‘qoldi”. Fransiyada Ukraina haqida dahshatli bayonot berildi

Filippo Ukrainada Amerika qurollari yo‘qolganini va bu Fransiyani ham Kiyev rejimini qo‘llab-quvvatlashdan voz kechishga undashi kerakligini qo‘shimcha qildi.
Sputnik
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. AQSh qurol-yarog‘larni hisobga olish bilan bog‘liq muammolar tufayli Kiyevga har qanday keyingi yordamni berishdan bosh tortadi, deb yozdi Fransiyaning “Patriotlar” partiyasi yetakchisi Florian Filippo X ijtimoiy tarmog‘ida.
Shu hafta AQSh Mudofaa vazirligi inspektori Robert Storch o‘z hisobotida Pentagon Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berilishini to‘g‘ri nazorat qilmaganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jami 1,699 milliard dollarlik quroldan qariyb bir milliard dollarlik qurol-yarog‘lar hisobsiz qolmoqda.
“Bu Kongressni Ukrainaga qurol yetkazib berishdan bosh tortishga undaydi, ayniqsa bu davlat juda korrupsiyalashgan!” — deb yozgan siyosatchi.
Filippo shuningdek, Ukrainada Amerika qurollari yo‘qolganini va bu Fransiyani ham Kiyev rejimini qo‘llab-quvvatlashdan voz kechishga undashi kerakligini qo‘shimcha qildi.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Ukrainaga yordam berish uchun ajratayotgan pullar yaratilishga emas, balki urushga ketmoqda va Kiyevda korrupsiya darajasi tobora ortib bormoqda.
Politico nashriga ko‘ra, Oq uy Ukrainadagi korrupsiya muammosidan jamoatchilik darajasida tan olganidan ko‘ra ko‘proq tashvishlanmoqda. Bundan tashqari, Litva prezidenti Gitanas Nauseda Ukrainadagi korrupsiya mojarolari G‘arb davlatlarining Ukraina Qurolli kuchlariga qurol yetkazib berish qaroriga ta’sir qilishini aytdi.