TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Rossiya harbiylari bugun Ukrainadagi harbiy obyektlarga yuqori aniqlikdagi qurollar bilan guruhli zarba berdi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“Bugun ertalab Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari yuqori aniqlikdagi, uzoq masofaga uchuvchi dengiz va havo qurollari, shu jumladan "Kinjal" gipertovushli raketa kompleksi, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari bilan 155, 152 va 125 mm snaradlar, porox va uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqaradigan Ukraina harbiy-sanoat kompleksi obyektlariga guruhli zarba berdi”, - deyiladi xabarda.
Vazirlik zarbadan ko‘zlangan maqsadga erishilganini va belgilangan barcha obyektlarga zarba berilganini ta’kidladi.
Rossiya armiyasi Qrim ko‘prigidagi terakt va Rossiyadagi fuqarolik infratuzilmasi obyektlariga qilingan boshqa hujumlarga javoban Ukraina mudofaa sanoati, harbiy qo‘mondonlik, aloqa va energetika obyektlariga muntazam hujumlar uyushtirmoqda.