Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Maxsus operatsiya: 6-12 yanvarning muhim voqealari

Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilishga qaratilgan maxsus harbiy operatsiya muvaffaqiyatli davom etmoqda. O‘tgan hafta davomida dushman yo‘qotishlari 3,8 mingga yaqin harbiylar va 70 dan ortiq tank va zirhli jangovar texnikani tashkil qildi.
Sputnik
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi hafta davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirlgi hisoboti:

O‘tgan hafta davomida Ukraina harbiy obyektlariga uzoq masofali qurollar, jumladan, "Kinjal" raketalari bilan 23 ta zarba berilgan.
Kupansk yo‘nalishida Ukrainaning 27 ta hujumi va qarshi hujumlari qaytarildi, front chizig‘i bo‘ylab ma’lum hududlardagi vaziyat yaxshilandi. Ukraina Qurolli Kuchlari yo‘qotishlari - 585 dan ortiq kishi, uchta tank yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida dushman 995 askarini yo‘qotdi (qurbonlar va yaradorlar).
Donesk yo‘nalishida, UQKning oltita hujumi qaytarildi, dushman yo‘qotishlari 1785 dan ortiq askar va beshta tankni tashkil etdi.
Janubiy Doneskda UQKning yettita hujumi qaytarildi, dushman 850 nafargacha harbiy xizmatchi va uchta tankni yo‘qotdi.
Zaporoje yo‘nalishida Rossiya kuchlari qulayron pozitsiyalarni egallab oldi, Rabotino qishlog‘i hududida dushman hujumi qaytarildi. UQK yo‘qotishlari 230 kishi, uchta tankni tashkil etdi.
Xerson yo‘nalishidaga janglarda dushman 275 askarini va bitta tankini yo‘qotdi.
Havo mudofaa kuchlari tomonidan Ukrainaning Su-27 va Su-25 samolyotlari, Mi-8 vertoloti urib tushirildi.
Bundan tashqari 35ta HIMARS va “Uragan” raketalari, 6ta kemaga qarshi “Neptun” raketasi, ikkita “MALD” aviatsiya raketalari va 161ta uchuvchisiz apparatlar yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan buyon Ukrainaning 567 ta samoleti, 265 ta vertoleti, 10620 uchuvchisiz apparatlari, 447 ta zenit raketa komplekslari, 14578 tank va zirhli texnika, 1202 ta reaktiv tizim mashinalari, 7694 ta artilleriya qurollari va minomotlar hamda 17345 ta harbiy avtomobil texnikasi yo‘q qilindi.