TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Rossiyaning “Transneft” kompaniyasi o‘tgan yili Rossiyadan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) boshqa mamlakatlariga neft mahsulotlari yetkazib berish hajmini oshirdi, deb xabar beradi RIA Novosti.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, g‘arbiy yo‘nalishdagi mahsulot quvurlari orqali eksport amalda to‘xtagan bo‘lsa-da, eksport nafaqat YeOII mamlakatlariga, balki boshqa davlatlarga, jumladan, Tojikistonga ham oshib bormoqda. 2023-yilda bu ko‘rsatkich 530 ming tonnagacha oshdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 29,3 foizga ko‘pdir.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 5-dekabrdan Yevropa Ittifoqida Rossiya neftini sotib olishga, 2023-yil 5-fevraldan esa Rossiya xom ashyosidan neft mahsulotlari, jumladan, benzin va dizel yoqilg‘isi savdosiga embargo kuchga kirdi.