Trampning so‘zlari Yevropani kutilmagan qadam tashlashga “undadi” — OAV

European Conservative: Yevropa Ittifoqi mudofaa fondi uchun Tramp bilan Yevropani qo‘rqitmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Yevropa Ittifoqi yuz milliard yevrolik umumiy mudofaa fondini yaratishi kerak, chunki Donald Tramp hokimiyatga qaytsa, AQSh ko‘magisiz qolishdan qo‘rqadi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining ichki bozor komissari Terri Breton ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“Tramp, “Agar Yevropaga hujum qilinsa, biz hech qachon sizga yordam bermaymiz va sizni qo‘llab-quvvatlamaymiz... va biz NATOdan chiqamiz”, dedi. Bularning barchasi "qo‘rqinchli latifaga" o‘xshaydi, — deya 2020-yilda Tramp va Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen o‘rtasidagi suhbatni esladi Breton.

Bretonning fikricha, agar yevropaliklar o‘zlarini himoya qilmasa, "Rossiya Yevropani egallab oladi". Bundan tashqari, u bu masalani Ukrainaga yordam ko‘rsatish bilan bog‘ladi.
Siyosatchi Ukraina qurolli kuchlarini bahorgacha zarur snaradlar bilan ta’minlashi uchun Yevropa zavodlari quvvatini oshirishni talab qilmoqda.
Shu bilan birga, Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius allaqachon bunday miqdordagi o‘q-dorilarni o‘z vaqtida yetkazib berishning iloji yo‘qligini aytgan, deya ta’kidlaydi maqola muallifi. Aksariyat Yevropa davlatlarining mudofaa salohiyati haqiqatdan ham idealdan uzoqdir, ammo Yevropa yetakchilari umumiy mudofaa fondini yaratish g‘oyasiga shubha bilan qarashadi, bu esa Breton nega turli “dahshatli hikoyalar” bilan qo‘rquvga o‘tishga majbur bo‘lganini tushuntiradi".
Trampga taslim bo‘lish NATO bilan boshlandi