TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Shu yilning yanvar oyida O‘zbekiston Qozog‘istondan 1,2 million tonna don sotib oladi, deya xabar berdi Sputnik Qozog‘iston.
“KTJ-Gruzovie perevozki” MChJ ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar oyi uchun 1,5 million tonna don yukini eksportga tashish rejasi kelishilgan.
"Ularning 1,2 million tonnasi O‘zbekiston yo‘nalishidagi Sariagash chegara punkti orqali o‘tadi", — deyiladi xabarda.
Yanvar oyi boshida O‘zbekistonga jo‘natilgan poyezdlar soni sezilarli darajada oshdi (kuniga 32-33 ta poyezdgacha), xitoylik hamkasblar tomonidan poyezdlarni qabul qilish qisqargan (kuniga 11-12 ta poyezdgacha), deya qo‘shimcha qildi kompaniya.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston Qozog‘iston donining asosiy importchisiga aylandi. Mamlakat qariyb 2 million tonna mahsulot sotib oldi.