TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. AQSh Rossiyaga nisbatan haqiqiy munosabatini ko‘rsatdi va Moskva bilan yanada katta qarama-qarshilikka borish niyatini oshkor qildi. Bu haqda Ronald Reygan ma’muriyati davridagi Oq uy xodimi Pol Kreyg Roberts ma’lum qildi, deb yozadi RIA Novosti.
"Agar G‘arbning tanazzulga uchrashi uning qulashiga olib kelmasa, urush muqarrar", — dedi u.
Robertsga ko‘ra, yevropaliklar va amerikaliklar “moliyaviy jihatdan qudratli”lar manfaatlariga xizmat qiladigan hukumatlarini “mensimaydilar”, lekin oddiy xalq G‘arbning agressiv tashqi siyosatiga hech qanday ta’sir o‘tkaza olmaydi.
G‘arb elitasi boshlangan mojarolar uchun "uyalmasligini" hammaga ko‘rsatganida, AQShning Rossiyaga nisbatan niyatlari to‘liq oydinlashdi, deya qo‘shimcha qildi u.
"Vashington yadroviy Armageddon xayolotini uyg‘otdi", — deb xulosa qildi tahlilchi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin NATOning tajovuzkor tabiati endi yashirin emasligini, global ustunlikka da’volar bevosita AQSh doktrinaviy hujjatlarida mustahkamlanganini aytgandi.