TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari askarlari Ukrainadagi korrupsiya mojarolari tufayli motivatsiyani yo‘qotib, umidsizlikka tushmoqda. Bu haqda RIA Novosti "Franceinfo" nashriga tayanib xabar berdi.
“Agar hukumatimiz va deputatlarimiz pul o‘g‘irlamaganida, Yevropa bizni qo‘llab-quvvatlashda davom etardi. Mojarodan foyda ko‘radigan ko‘plab orqa kalamushlar mavjud. Ular o‘g‘irlik qiladi, bu esa begunoh odamlarning o‘limiga, azoblanishiga olib keladi”, — deb shikoyat qildi Aleksandr ismli harbiy xizmatchi.
Ikkinchi askar esa ittifoqchilarning pullarini cho‘ntagiga solayotgan siyosatchilar uchun kurashmayotganini qo‘shimcha qildi. Uning hamkasbi tepadagi o‘g‘irlik tufayli formasini o‘zi sotib olishga majbur bo‘lganidan shikoyat qildi.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ta’kidlaganidek, Yevropa Ittifoqi Ukrainaga yordam berish uchun ajratayotgan mablag‘lar yaratish uchun emas, balki urush uchun sarflanmoqda, ayni paytda Kiyevda korrupsiya darajasi o‘sib bormoqda. "Politico" nashriga ko‘ra, Oq uy Ukrainadagi korrupsiya muammosidan jamoatchilik darajasida tan olganidan ko‘ra ko‘proq tashvishlanmoqda.