Germaniyada Ukrainadagi mojaro tugashi bo‘yicha kutilmagan muddatlar e’lon qilindi

Moosdorf: Rossiya va G‘arb o‘rtasida Ukraina bo‘yicha muzokaralar 2024-yilda bo‘lib o‘tishi kerak.
Sputnik
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Rossiya va G‘arb davlatlari o‘rtasida Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha muzokaralar 2024-yilda bo‘lib o‘tishi kerak, deb umid bildirdi bundestag deputati Mattias Moosdorf "Izvestiya" gazetasiga bergan intervyusida, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Men shuni kutmoqdaman. Mojaro tugaydi – uzog‘i bilan Donald Tramp Amerikada g‘alaba qozonganidan keyin. Uning g‘alabasi ijobiy bo‘lishi mumkin. Bu dunyodagi aql-idrokli insonlarning katta umididir", – dedi u.
Moosdorfning qo‘shimcha qilishicha, dunyo Oq uyning amaldagi rahbari Jo Baydendan charchagan.
AQShda prezidentlik saylovi 2024-yil 5-noyabrga belgilangan. So‘rovlar Donald Trampni Respublikachilar partiyasi ichida eng yorqin tanlov sifatida ko‘rsatmoqda. Unga amaldagi prezident Jo Bayden qarshi chiqishi kutilmoqda. So‘rovlarga ko‘ra, Tramp 2024-yilda g‘alaba qozonishi ehtimoli yuqori.
Avvalroq sobiq prezident 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan AQSh prezidentligiga nomzodlar orasida faqat u insoniyat yaqinlashib kelayotgan uchinchi jahon urushining oldini olishi mumkinligini aytgandi. Shuningdek, u qayta saylangan taqdirda Ukrainadagi mojaroni atigi 24 soat ichida hal etish niyatida ekanini bir necha bor ta’kidlagan.