TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Pekinda Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy Xalq Respublikasi, Qozog‘iston va O‘zbekistondan keltirilgan 80 dan ortiq muzey eksponatlari namoyish etildi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar berdi.
“Madaniy meros va arxeologiya sohasidagi “Bir makon, bir yo‘l” hamkorligi” arxeologik ko‘rgazma o‘z ishini yakunladi. Ko‘rgazma Pekindagi “Gugun” imperator saroyi muzeyida “Bir makon, bir yo‘l” anjumani doirasida bo‘lib o‘tdi.
Bir makon, bir yo‘l” hamkorligi” arxeologik ko‘rgazmasi.
© Fond razvitiya kulturi i iskusstva
"Ko‘rgazma xalqaro jamoatchilik tomonidan keng e’tirofga sazovor bo‘ldi. 3 oygina ichida ko‘rgazmaga qariyb 150 000 kishi tashrif buyurdi", — deyiladi xabarda.
Tashrif buyuruvchilar Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy Xalq Respublikasi, Qozog‘iston va O‘zbekistondan keltirilgan 80 dan ortiq muzey eksponatlarini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Ko‘rgazma bir necha bo‘limlarga bo‘lingan bo‘lib, ularda Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab istiqomat qilgan xalqlar madaniyati va san’ati rivojining turli davrlari aks ettirilgan.
Bir makon, bir yo‘l” hamkorligi” arxeologik ko‘rgazmasi.
© Fond razvitiya kulturi i iskusstva
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi madadi bilan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi va Fanlar akademiyasi San’atshunoslik institutida saqlanayotgan 18 ta eksponat taqdim etildi.
Bir makon, bir yo‘l” hamkorligi” arxeologik ko‘rgazmasi.
© Fond razvitiya kulturi i iskusstva
Shu kabi imkoniyat va tashabbuslar bois O‘zbekistonning boy madaniy merosi xalqaro jamoatchilikka namoyish etildi.