Toshkentda Rojdestvo bayrami nishonlandi — video

Kecha poytaxtda Rojdestvo ibodatlari amalga oshirildi.
Sputnik
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. O‘tgan oqshom Toshkentdagi Avliyo-Uspensk soborida mahalliy pravoslav nasroniylar Rojdestvo ibodatini amalga oshirishdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
Kecha butun dunyo pravoslav cherkovlarida Rojdestvo ibodatlari amalga oshirildi. Toshkentda bayram ibodatini Toshkent va O‘zbekiston mitropoliti – Vikentiy amalga oshirdi.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.