O‘zbekistonlik yosh qilichbozlar jahon reytingida peshqadamga aylandi

Dilnaz Murzatayeva shpaga, Fernanda Errera esa sablya yo‘nalishida reyting peshqadami sifatida e’tirof etildi.
Sputnik
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) 2024-yil yanvar oyi uchun yosh toifalarida sportchilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolarining aksariyati yuqori pog‘onalardan o‘rin olishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Dvoe predstaviteley sbornoy Uzbekistana po fextovaniyu lidiruyut v mirovom reytinge
Xususan, Dilnaz Murzatayeva shpaga, Fernanda Errera esa sablya yo‘nalishida reyting peshqadami sifatida e’tirof etildi. Jamoaviy dasturda esa o‘zbekistonlik sablyachi yigitlar birinchi, qizlar ikkinchi, shuningdek, shpagachi qizlar uchinchi o‘rinda qayd etilgan. Shaxsiy reytingda kuchli o‘nlikdan joy olgan o‘zbekistonliklarning holati bilan tanishing:
Shpaga, qizlar:
1. Dilnaz Murzatayeva (O‘zbekiston) – 131.5 (ochko)
9. Shahzoda Egamberdiyeva (O‘zbekiston) – 62
Yigitlar:
1. Muhammad Yosin (Misr) – 189.250
6. Meyirxan Timurov (O‘zbekiston) – 49
Sablya, qizlar:
1. Fernanda Errera (O‘zbekiston) – 166
6. Gulistan Perdibayeva (O‘zbekiston) – 96
7. Ayako‘z Jumamuratova (O‘zbekiston) – 91
Yigitlar:
1. Dari Lukashenko (Ukraina) – 129
3. Islombek Abdazov (O‘zbekiston) – 119.5
4. Azizbek Dauletnazarov (O‘zbekiston) – 116.250.