O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari Rossiya elchisi bilan uchrashdi

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Kecha, 4-yanvar kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Rahmatulla Nurimbetov Rossiya Federatsiyasining Favqulodda va Muxtor elchisi Oleg Malginov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Oliy darajadagi uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha erishilgan barcha kelishuvlarni har tomonlama amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Turli darajadagi bo‘lajak tadbirlar jadvali va kun tartibi muhokama qilindi.