TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Rossiya harbiylari Ukrainada NATOning eng yaxshi qurollarini yo‘q qilib, uning zaif tomonlarini oshkor qildi, deb yozadi “Asia Times”.
“Ukrainada Rossiya Qurolli Kuchlari jangda oddiy qurollar yordamida NATOning eng yaxshi tanklarini ishdan chiqara olishini hamda Amerikaning Bradley va Germaniyaning Marder kabi zirhli transport vositalarini yo‘q qila olishini namoyish qildi”, — deyiladi materialda.
Kuzatuvchining so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Atlantika alyansida allaqachon kam bo‘lgan G‘arb tanklari Ukrainada yaxshi natija ko‘rsata olmadi: Ukraina Qurolli Kuchlarida Germaniyaning Leopard 2 lari, ukrainaliklar qandaydir tarzda qurollarini kuchaytirishga urinishlariga qaramay, endi ishlamaydi. Amerikaning Abrams’lari esa jangovar harakatlardan butunlay yashirilishi kerak, chunki ular Rossiya harbiylari bilan to‘qnashuvda omon qololmaydi, degan qo‘rquv bor.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, 54 ta xorijiy davlat Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatmoqda, maxsus operatsiya boshlanganidan beri ular 200 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarflagan. Ukraina Qurolli Kuchlariga 1,6 mingdan ortiq raketa va artilleriya qurollari, 200 dan ortiq zenit-raketa majmualari, 5220 dan ortiq zirhli qurollar va 23 mingdan ortiq dronlar topshirildi.
Rossiya bir necha bor G‘arb qurollarining Kiyevga yetkazib berilishi jang maydonidagi vaziyatni o‘zgartirmaganini, bu harakatlar Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalarida yo‘qotishlar sonini ko‘paytirganini bir necha bor ta’kidlagan.