Asilbek Xudayarov Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Tayinlov davlat rahbarining tegishli farmoniga ko‘ra amalga oshirildi.
Sputnik
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajarish Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbarining birinchi o‘rinbosari Asilbek Anvarovich Xudayarov zimmasiga yuklatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlov davlat rahbarining tegishli farmoniga ko‘ra amalga oshirildi.
Tayinlovga qadar Amrillo Inoyatov Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan ozod etilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o‘tamiz, Amrillo Shodiyevich Inoyatov 2022-yilning dekabr oyida Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tasdiqlangandi.