Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

UQK askarlari jangovar vazifani bajarishdan yoppasiga bosh tortmoqda – OAV

Yana bir sabab – yengil yaralanganlarning to‘liq davolanishiga ruxsat bermaslik.
Sputnik
TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) askarlari qo‘mondonlari ular oldiga qo‘ygan jangovar vazifalarni bajarishdan yoppasiga bosh tortmoqda. Bu haqda harbiylar suhbatlari tutib olingan radio yozuvlari dalolat beradi, deya yozadi RIA Novosti.
Xususan, haydovchilar frontning oldingi pozitsiyalariga qo‘shicha kuch va oziq-ovqat eltib berishdan bosh tortmoqda. Shunga o‘xshash voqea birdaniga beshta bo‘linmalarda kuzatilmoqda.

“Men umuman tushunmay qoldim. Bu beshinchisi. Bosh tortdi – ha, bosh tortapti. Bu “Niva”da kelgan Sashko – kichik, to‘lachadan kelgan. Bosh tortishdi deb aytdi”, - degan ukraina harbiylaridan biri.

Shundan keyin vazifani bajarishga borgan guruh katta yo‘qotishlarga duch kelgan, buni ko‘rgan keyingisi esa bormaslikka qaror qilgan va buyruqni bajarishdan bosh tortgan.
Yana bir sabab – yengil yaralanganlarning to‘liq davolanishiga ruxsat bermaslik. Ularni darhol safga qaytarishadi.
Ukraina harbiylarining jangovar harakatlarda ishtirok etishdan bosh tortishayotgani haqidagi xabarlar so‘nggi paytlarda ko‘paygan. Avvalroq asirga tushgan ukraina askari Bogdan Kumanskiy UQK safida, xususan, uning 118-brigadasida bosh tortuvchilar va o‘z qismini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketuvchilar ko‘p ekanini aytgan edi.