O‘zbekiston va YeOII

Tailand YeOII bilan erkin savdo borasida muzokaralarni boshlashga tayyor – elchi

Vongsinsavatning fikricha, erkin savdo hududi to‘g‘risidagi bitim Tailand fuqarolariga mahsulotlarni arzon narxlarda olish imkonini beradi.
Sputnik
TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. Tailand Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bilan erkin savdo hududi xususidagi muzokaralarga tayyor. Bu Rossiya bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga yordam beradi, deya ma’lum qildi mamlakatning Rossiyadagi elchisi Sasivat Vongsinsavat.
“Savdo-sotiqni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi usullardan biri – bu YeOII bilan erkin savdo hududi to‘g‘risidagi bitim. Biz Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan kelishuv to‘g‘risidagi muzokaralarni boshlashni bir necha yil muhokama qilganmiz. Men tasdiqlay olamanki, Tailand ittifoq tayyor bo‘lgan zahotiyoq YeOII bilan muzokaralarni boshlashga tayyor”, - dedi elchi RIA Novosti bilan suhbatda.
Uning qo‘shimcha qilishicha, muzokaralarni boshlash uchun hozircha biror bir sana belgilanmagan.
Vongsinsavatning fikricha, erkin savdo hududi to‘g‘risidagi bitim Tailand fuqarolariga mahsulotlarni arzon narxlarda olish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron YeOII bilan erkin savdo hududi to‘g‘risida bitim imzolagan edi.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII va Eron erkin savdo shartnomasini imzoladi. Bu nima uchun muhim?