“Pacha Mama” alpaka parki go‘zal Kavkaz tog‘larining orasida kichik, biroq shinam fermada joylashgan. Uning nomi Kechua va Aymara hindularining yer va unumdorlik ma’budasi nomidan kelib chiqqan. Afsonaga ko‘ra, Pachamama yerga tushganda birinchi ko‘rgan narsa alpaka bo‘lgan.
Fermaga kelgan har bir kishini yoqimli hissiyotlar chulg‘ab oladi. Parkda yoqimtoy quyonlar, o‘ynoqi uloqchalar va hatto qo‘zichoqlar ham yashaydi. Bu momiqvoylarni mehmonlar yegulik bilan siylashi va hatto silab erkalashi mumkin.
Batafsil – Sputnik videosida.