Yaponiyada kuchli zilzila ro‘y berdi – video

Isikava prefekturasida barcha tezurar poyezdlar harakati to‘xtatilgan.
Sputnik
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. Yaponiya g‘arbidagi Isikava prefekturasida birdaniga ikkita kuchli zilzila ro‘y berdi. Bu haqda mamlakat Bosh meteorologiya agenti xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, 5,7 magnitudali birinchi zilzila mahalliy vaqt bilan soat 16:06 da qayd etilgan. Ikkinchisi yanada kuchliroq bo‘lgan – 7,6 magnituda.
Kuchli silkinishlar Osaka, Kioto hamda Tokioda sezilgan. Mamlakatda sunami xavfi e’lon qilingan.
Isikava prefekturasida barcha tezurar poyezdlar harakati to‘xtatilgan. Bosh vazir Fumio Kisida odamlarni qutqarish va tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha zudlik bilan choralar ko‘rishni topshirgan.
Jabrlangan va talafotlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.