TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina Qurolli kuchlarining (UQK) Belgorodga uyushtirgan hujumini terrorchilik akti deb atadi.
“Belgorodda ro‘y bergan narsa bu, shubhasiz, terrorchilik akti. Nega? Chunki ikkita raketa panasida <...> ular nima qilishdi? Ular zalp bilan o‘t ochuvchi tizim bilan zarba berishdi”, - dedi Putin harbiylar bilan uchrashuvda.
Rossiya yetakchisi zalp bilan o‘t ochuvchi tizim odam bor yoki yo‘qligiga qaramasdan zarba beruvchi qurol ekaniga e’tibor qaratdi.
“Ular bunday qurol bilan odamlar Yangi yil oldidan sayr qilib yurgan shahar markaziga zarba berishdi. Tinch aholiga qarata qasddan berilgan zarba. Albatta, bu terakt, boshqacha atab ham bo‘lmaydi”, - dedi Putin.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainaning Belgorodni o‘qqa tutishi oqibatida 24 kishi halok bo‘lgan, 100 nafardan ziyod kishi kasalxonalarda.