Iqtisodiy sudlar ko‘radigan ayrim ishlar ma’muriy sudlarga o‘tkaziladi

Iqtisodiy sudlar tomonidan soliq organlari ishtirokida ko‘rilayotgan ishlar ma’muriy sudlar yurisdiksiyasiga o‘tkazilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda 2024-yil 1-yanvardan iqtisodiy sudlar tomonidan soliq organlari ishtirokida ko‘rilayotgan ishlar ma’muriy sudlar yurisdiksiyasiga o‘tkaziladi.
“Huquqiy axborot” kanali xabariga ko‘ra, 1-yanvardan iqtisodiy sudlar tomonidan soliq organlari ishtirokida ko‘rilayotgan ishlar ma’muriy sudlar yurisdiksiyasiga o‘tkazilishi belgilangan.
Shuningdek, soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati 5-yildan 3-yilga tushiriladi.
Aholi va tadbirkorlarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha qarzdorlikni undirish bo‘yicha sudning hal qiluv qarori chiqarilganda, mazkur kreditlar bo‘yicha foizlar va neustoyka hisoblanishi to‘xtatiladi.
To‘lov miqdori kredit majburiyatlarini bajarish uchun yetarli bo‘lmaganda, mablag‘larni birinchi navbatda mutanosib ravishda muddati o‘tgan asosiy qarz va foiz qarzdorliklarini, ikkinchi navbatda joriy to‘lov uchun hisoblangan foizlar va asosiy qarzni, keyingi navbatlarda neustoyka va ijro xarajatlarini qo‘llashga yo‘naltirish tartibi o‘rnatiladi.
Kelasi yildan oilaviy nizolarni ko‘rish bo‘yicha “Oila sudyalari” tashkil etiladi