TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. 1-yanvardan 10-yanvarga qadar Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chimon tog‘laridagi dam olish maskanlariga avtomobillar harakati bir tomonlama tashkil etiladi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) ma’lum qildi.
Bir tomonlama harakat 4R12 "Toshkent — Chorvoq" va 4R6 "Toshkent — Chirchiq — Chimon" (G‘azalkentdan keyin, “Amirsoy”, "Chimon" va "Bildirsoy" dam olish maskanlariga olib boruvchi) kesishmasidan 4R6 va 4R10 yo‘llari kesishmasigacha (Yusufxona) tashkil etildi.
Shu bilan birga, 4R10 yo‘li bo‘ylab Chorvoq suv ombori yonidagi dam olish maskanlaridan Yusufxona chorrahasiga qaytish mumkin.
Yo‘llarda tegishli belgilar o‘rnatilgan.