Prezident 2024-yil nomini e’lon qildi

Shavkat Mirziyoyev 2024-yilni "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" deb e’lon qildi.
Sputnik
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. 2024 yil O‘zbekistonda "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" deb e’lon qilindi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Yangi yil tabrigida ma’lum qildi.
“Inson qadrini ulug‘lash, aholimiz manfaatlarini ta’minlash, buning uchun kuchli iqtisodiyot barpo etish bizning asosiy vazifamizdir. Shu maqsadda 2024-yilni mamlakatimizda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”, deb e’lon qildik”, - dedi prezident.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, yangi yilda iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, tadbirkorlik va xususiy mulk uchun keng imkoniyatlar yaratish yanada kuchaytiriladi. Ilm-fan, innovatsiya, IT kabi sohalarni, “yashil” va raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.