O‘zbekiston va YeOII

YeOIIda “yagona darcha” mexanizmi takomillashtirilmoqda

Kengash a’zolari tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish tizimida “yagona darcha” mexanizmini takomillashtirish maqsadida joriy etish tavsiya etilgan ilg‘or raqamli texnologiyalar ro‘yxatini ham tasdiqladi.
Sputnik
TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Kengashi tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish tizimida “yagona darcha” mexanizmini joriy etishning ustuvor vositalarini ishlab chiqish nuqtayi nazaridan 2025-yilgacha Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasi strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha materiallar to‘plamini ko‘rib chiqdi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi saytida xabar berildi.
Kengash a’zolari tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish tizimida “yagona darcha” mexanizmini takomillashtirish maqsadida joriy etish tavsiya etilgan ilg‘or raqamli texnologiyalar ro‘yxatini ham tasdiqladi. Tavsiyada blokcheyn, internet, katta ma’lumotlar, sun’iy intellekt kabi texnologiyalar haqida gap ketadi.
“Bunday texnologiyalarni davlat organlari va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari faoliyatiga joriy etish kelgusida bir qator imtiyozlarni beradi: protseduralar va biznes-jarayonlarning shaffofligini oshirish, risklarni boshqarishni optimallashtirish, shuningdek, ma’lumotlar sifatini oshirish. Bu tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish jarayonlari samaradorligini oshirishga, vaqt xarajatlarini qisqartirishga va daromadlarni yig‘ish hajmini oshirishga olib keladi”, - dedi YeIK bojxona hamkorligi bo‘yicha vaziri Eldar Alisherov.