Rossiyaning azaliy dushmani rasman yuzini ochdi — biz bunga tayyor edik

Rossiya qisqa vaqt ichida o‘q dori ishlab chiqarishni 50 baravargacha oshirdi. Shu bilan birga mamlakatda sariyog‘ ham tugab qolmadi. Rossiya buni qanday uddaladi?
Sputnik
Tugayotgan yil natijalari orasida bittasi bor. U rasmiy hisobotlarga kiritilmasligi aniq. Bu — Rossiya xalqining “ko‘zi ochilishi” desa bo‘ladi.
O‘nlab yillar davomida qasddan amalga oshirilgan dezinformatsiya natijasida, aholi ongini chulg‘ab olgan sun’iy illyuziyalar va soddadil umidlar bir zumda yo‘q bo‘ldi, xalqning ko‘zi ochildi, hammasi kundek ravshan bo‘ldi.
Bu lahza og‘ir sinovlar va ba’zan og‘riqli o‘zgarishlar bilan birga sodir bo‘ldi va ko‘pchillik uchun bir savolni tug‘dirdi: nega bunday bo‘ldi? Va bu savolga biz bir vaqtlar “sherik”, “hamkorlar” deb ataganlar ochiqcha javob berishdi.

AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Milliy Mudofaa forumida so‘zlagan nutqida Ukrainada "shafqatsiz dushman" bilan kurashayotganini aytdi. Boshqacha qilib aytganda, Amerika va G‘arb iyerarxiyasidagi eng yuqori amaldorlardan biri Qo‘shma Shtatlar (va umuman G‘arb uchun) asosiy dushman Rossiya deb rasman e’lon qildi. Ya’ni Qo‘shma Shtatlar va G‘arbning barcha harbiy qudrati bitta oddiy maqsadga yo‘naltirilgan — Rossiya xalqi, bizning har birimizni o‘ldirish va mamlakatimizni yo‘q qilish.

Bu bayonot shunchaki “chiroyli ibora” uchun aytilgani yo‘q. O‘tgan yil davomida, Ukrainadagi mojaro doirasida, jamiyatimiizning har bir a’zosi "oltin milliard" tomonidan bizga qarshi qaratilgan hayvonga xos naftrat va qo‘rquvchi his qildik. Ha, ular bizni jismonan yo‘q qilish uchun jon-jahdi bilan harakat qilmoqda.
Jamiyat orasida biror kishida hali ham G‘arbga “moslashish” va “integratsiya qilish”, Ukraina mojarosini tinchlik yo‘li bilan hal qilish haqida illyuziyalar bo‘lgan bo‘lsa, endi bunday umidlar mavjud bo‘lmasligi kerak.
“Qurol o‘rniga sariyog‘”ni o‘ziga shior qilib olgan ichki muxolifat orasida ham davlat rahbariyati bugun nega aynan Qurolli Kuchlarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratayotgani borasida hech qanday savollar paydo bo‘lmasligi kerak.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov aytganidek "toki AQSh Mudofaa vaziri kabi rasmiylar bizni dushman deb atagan ekan, biz voqealar har qanday rivojlanishiga tayyormiz"
Biz voqealarning har qanday rivojlanishiga tayyormiz – demak, biz hozirda rasmiy dushmanga istalgan vaqtda, istalgan joyda, barcha mavjud kuch va vositalardan foydalangan holda halokatli javob qaytarishga tayyormiz.
Kecha "Rostex" rahbari Sergey Chemezov Rossiya prezidenti Vladimir Putinga bergan hisobotida so‘nggi ikki yil ichida Rossiyada tank ishlab chiqarish yetti baravar ko‘payganini va yangi tanklarda maxsus operatsiya doirasida aniqlangan barcha kerakli o‘zgarishlar kiritilganini aytdi. Xuddi shu davrda o‘q-dorilar, reaktiv tizimlar va artilleriyasi o‘q-dorilari ishlab chiqarish 50 baravar, zirhli transport vositalari ishlab chiqarish - besh baravardan ko‘proq oshdi.
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning ma’lumotlariga ko‘ra, maxsus operatsiya boshlanganidan beri Rossiya sanoati uchuvchisiz samolyotlar ishlab chiqarishni qariyb 17 barobarga oshirgan. Jangovar uchuvchisiz samolyotlar sohasida biz sakkiz yil davomida ushbu yo‘nalishda ishlagan Ukraina Qurolli Kuchlari va ularga yordam bergan G‘arb texnologiyalarini ham ortda qoldirdik. G‘arbda allaqachon jazavaga sabab bo‘lgan, halokatli S-70 “Oxotnik-B” ko‘rinmas-uchuvchisiz samolyotini seriyali ishlab chiqarish ham yaqinlashmoqda.
Dunyodagi eng uzoq masofaga o‘q otadigan yangi robot-gaubitsa "Koalitsiya-SV"ni qo‘shinlarga yetkazib berila boshlandi. Yuqori aniqlikdagi “Krasnopol” snaradlarini ham seriyali ishlab chiqarish boshlandi. U dunyoda "eng aniq va eng yaxshi" hisoblangan Amerikaning “Eksalibur” snaradlaridan ko‘ra yancha yaxshi aniqlik va quvvat namoyish etdi. Yangi, boshqaruv moduliga ega bo‘lgan o‘ta kuchli aviatsiya bombalari dushman uchun kutilmagan va muqarrar jazo sifatida namoyon bo‘ladi.
Ilgari ham dunyoda eng yaxshi deb tan olingan Rossiya havo mudofaasi yana bir ulkan sakrashni amalga oshirdi. Barcha turdagi dronlar va samolyotlar, shuningdek, eng yaxshi G‘arbiy reaktiv tizim butun front bo‘ylab ommaviy ravishda bostirilmoqda va urib tushirilmoqda. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu noyabr oyi boshida ta’kidlaganidek, Rossiya havo mudofaa tizimiga Ukrainadagi barcha F-16 samolyotlarini 20 kunda urib tushirishi mumkin. Armiyaga Su-35S, Su-30SM-2 va Su-57 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha barcha davlat shartnomalari muddatidan oldin bajarildi. Tu-160 strategik raketa tashuvchilarini modernizatsiya qilish va yangi Tu-169M2 ishlab chiqarish jadal davom etmoqda. Mutlaq yangi ishlash prinsiplarga asoslangan dunyoda o‘xshashi bo‘lmagan jangovar samolyotlar ham yetib kelmoqda.
Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, strategik yadroviy kuchlarning zamonaviy qurol-yarog‘ va texnikasi bilan ta’minlanganlik darajasi umuman olganda 95 foizga, dengiz komponenti esa deyarli 100 foizga yetkazilgan. Eng yangi “Sarmat”, “Avangard”va “Yars” raketa tizimlari jangovar xizmatga kirishdi. Harbiy-dengiz floti G‘arbda o‘xshashi bo‘lmagan gipertovushli qurollar bilan qurollangan eng yangi suv osti kemalari (shu jumladan strategik) va eng zamonaviy harbiy kemalar bilan ommaviy ravishda yetkazib berilmoqda.

Rossiya qurollari haqidagi uzoq vaqt gapirish mumkin, lekin bitta fakt muhim: 2023-yilda Rossiya butun kollektiv G‘arbdan ko‘ra ko‘proq zamonaviy qurollarni ishlab chiqardi. Bu bizga SSSRdan qolgan me’ros tufayli amalga oshirildi. Chunki o‘sha vaqtda barcha mudofaa korxonalari, kerak bo‘lganda, harbiy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini qisqa vaqt ichida bir necha barobar oshirish imkonini hisobga olib qurilgan edi.

Endi esa rasmiy dushmanlarimiz biz buni qanday uddalaganini tushunmay qoldi va alamidan tirsagini tishlamoqda. Nega olomon bizga grechka, tuxum sariyog‘ beringlar deb Qizil maydonga chiqmayotganini ham tushunmaydi.
Dushman bir narsani bilmaydi, bizning qurollarimiz bu — bizga og‘ir yuk emas, hayotiy zarurat, burchimiz va g‘ururimiz.
Hisob-kitobli G‘arbga rus qalbini tushuntirib o‘tirmaymiz, asosiysi, biz vaziyat har qanday rivojlanishiga tayyorligimizni tushuntirdik va kerak bo‘lsa, buni yana bir takrorlashimiz mumkin.