So‘nggi 6-yil ichida O‘zbekistonda GESlar soni 2017-yildagi 37 tadan 58 taga ko‘paydi. “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan ta’kidlanganidek, bu ko‘rsatkich nafaqat O‘zbekiston Respublikasi, balki MDH davlatlari orasida ham eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir. Bu o‘rnatilgan quvvatni 400 MVtga oshirish va 2225 MVtga yetkazish imkonini berdi.
Tarmoq jadal rivojlanmoqda – respublikada qator investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
“Hozirda investitsiya dasturiga muvofiq, umumiy quvvati 749 MVt bo‘lgan 13 ta loyiha qurilish-montaj bosqichida”, — deya qo‘shimcha qildi “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati.
2023 yilda O‘zbekistonda 8 ta gidroelektr stansiya ishga tushirildi. Bular qatoriga uchta yirik va 5 mikroGES kiradi. GESlar Toshkent (Ispaysoy mikroGES), Andijon (Xonobod mikroGES), Samarqand (Shaudar GES va PK 102+00) va Surxondaryo (To‘palang GES va Isfara mikroGES-1) viloyatlarida ishga tushirildi.
Ushbu obyektlarning umumiy quvvati 190 MVtni tashkil qiladi.
Shu bilan birga, “O‘zbekgidroenergo” aniqlik kiritishicha, Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida mahalliylashtirish doirasida Isfara-1 mikroGES-1 birinchi “milliy” elektr stansiyasi bo‘ldi. O‘zbekistonda mazkur GES qurilishi bilan bog‘liq barcha ishlar, jumladan, loyihalash, ishlab chiqarish va jihozlarni yetkazib berish ilk bor to‘liq mahalliy mutaxassislar va ishlab chiqaruvchilar tomonidan amalga oshirildi.
Joriy yilda modernizatsiya va yangi quvvatlar bilan Chorvoq elektr stansiyasidan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan To‘palang GES ham ishga tushdi. To‘palang darosining suv resurslaridan samarali foydalanish uchun GESda boshqaruvi to‘liq avtomatlashtirilgan, inson aralashuvisiz ishlash imkonini beruvchi “aqlli” tizim joriy etildi.
“O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosari Farrux Nurullayevning aytishicha, 2024-yilda O‘zbekistondagi gidroelektr stansiyalarida umumiy quvvati 7 milliard 44 million kVt bo‘lgan elektr energiyasi ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.
“Bu ko‘rsatkich joriy yil natijalaridan 103 foizga oshadi”, — aniqlik kiritdi Farrux Nurullayev.
2023 yilda O‘zbekistonda gidroenergetika sohasida erishilgan yutuqlardan biri energiya ishlab chiqaruvchi korxonalarda “Yashil energiya” sertifikatlarining joriy etilishi bo‘ldi:
1 iyuldan boshlab “O‘zbekgidroenergo” tarkibiga kiruvchi GESlarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun;
1 oktabrdan quyosh, shamol va gidroelektr stansiyalari hamda boshqa qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi uchun.
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun “yashil” sertifikatlar tizimini joriy qildi. Prezidentning “Yashil energiya sertifikatlari tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mazkur hujjat qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda 1 ming kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarishni tasdiqlaydi.
Sertifikat elektr energiyasini sotish bilan birgalikda ham, undan mustaqil ravishda ham boshqa shaxslarga berilishi mumkin.