"Gazprom" O‘zbekistonga maksimal darajada gaz yetkazib bermoqda

Miller: "Gazprom" O‘zbekistonga maksimal darajada gaz yetkazib bermoqda.
Sputnik
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Dekabr oyida "Gazprom" kompaniyasi O‘zbekistonga texnik jihatdan mumkin bo‘lgan maksimal hajmdagi gazni “Markaziy Osiyo – Markaz” quvuri orqali yetkazib bermoqda. Bu haqda kompaniya rahbari Aleksey Miller Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda aytdi.
“Dekabr oyida O‘zbekistonga ham sovuq keldi, o‘zbekistonlik do‘stlarimiz va hamkasblarimiz O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni imzolangan shartnoma bo‘yicha kundalik majburiyatlarimizni ikki barobarga oshirishni so‘rashdi. Ayni paytda dekabr oyida biz O‘zbekistonga “Markaziy Osiyo – Markaz” gaz quvuri orqali yetkazib berilishi mumkin bo‘lgan maksimal texnik hajmdagi gazni yetkazib berapmiz”, — dedi Miller.
Eslatib o‘tamiz, MDH sammitidan so‘ng Rossiya yetakchisi Qozog‘iston va O‘zbekiston rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston va O‘zbekiston rahbarlari Vladimir Putin bilan gaz sohasida hamkorlik mavzusini muhokama qilgan.
Noyabr oyida O‘zbekiston Rossiyadan gaz yetkazib berish boshlangandan buyon 300 million kub metr gaz olishga ulgurdi, shartnomaning barcha majburiyatlari bajarilmoqda.
"Gazprom" Markaziy Osiyo bilan uzoq muddatli hamkorlikka erishmoqchi