Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

“Akatsiya” Krasniy Liman yo‘nalishidagi Ukraina pozitsiyalarini yo‘q qildi

Sputnik
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari qo‘shinlari “Markaz” guruhining “Akatsiya” o‘ziyurar artilleriya tizimi (O‘AT) ekipajlari Krasniy Liman yo‘nalishidagi Ukraina Qurolli kuchlari shaxsiy tarkibi bilan tayanch punktini yo‘q qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
“Markaz” guruhining 152 mm 2S3 “Akatsiya” O‘AT ekipaji artilleriyachilari maxsus harbiy operatsiya hududida Krasniy Liman yo‘nalishida UQK askarlari bilan tayanch punktni yo‘q qilishdi” — deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, harbiy xizmatchilar har kuni o‘tli zarbalar amalga oshirilishi bo‘yicha topshiriqlarni bajarishmoqda va 24 soat yuqori tayyyorgarlik rejimini saqlashmoqda. Razvedka bo‘linmalaridan koordinatalarni olgandan so‘ng, artilleriya ekipajlari belgilangan nishonlarga bir qator zarbalar bergan.
Razvedkachilar dronlar yordamida nishonlarning aniqlangan to‘g‘ri koordinatalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘mondonlik punktiga jonli efirda uzatadilar, shundan so‘ng artilleriya ekipajlari yangilangan ma’lumotlar asosida harakatni davom ettiradilar.
“Mashinani qayerga, nishonni qayerga joylashtirish, qurolni qanday yo‘naltirish haqida o‘ylayapmiz. To‘xtovsiz o‘z ustimizda ishlamoqdamiz va mukammallikka intilmoqdamiz”, – dedi “Baygaz” chaqiruvli o‘qchi.
Avvalroq Mudofaa vazirligi armiya aviatsiyasi zarba guruhi Krasniy Liman yo‘nalishida UQKning askarlari va zirhli texnikasi jamlanmasini yo‘q qilgani haqida xabar bergan edi.