Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina Qurolli kuchlari Zaporojye yo‘nalishida 65 nafargacha harbiy xizmatchini yo‘qotdi

Rossiya harbiy xizmatchilari Zaporojye yo‘nalishi bo‘yicha Ukraina qo‘shinlarining hujumini qaytardi.
Sputnik
TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Rossiya harbiy xizmatchilari Zaporojye yo‘nalishi bo‘yicha Ukraina qo‘shinlarining hujumini qaytardi va ikkita aholi punkti yaqinida dushmanni mag‘lub etdi, Kiyev 65 nafargacha askarini yo‘qotdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
"Zaporojye yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari guruhining bo‘linmalari Zaporojye viloyati Verbovoe qishlog‘i hududida Ukraina Qurolli Kuchlarining 117-mexanizatsiyalashgan brigadasining hujum guruhining hujumini qaytardi”, — deyiladi Rossiya harbiy boshqarmasi hisobotida.
Qayd etilishicha, havo zarbalari va artilleriya otishmalari Zaporojye viloyatining Belogorye va Rabotino aholi punktlari hududlarida dushman shaxsiy tarkibi va texnikasini mag‘lub etgan.
"Ukraina Qurolli kuchlarining yo‘qotishlari 65 nafar harbiy xizmatchi, ikkita avtomobil va bir D-20 to‘pini tashkil etdi", - deya qo‘shimcha qilingan xabarda.