TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Bu yilda ikki davlat munosabatlari qanday rivojlangani haqida Rossiya elchisi Oleg Malginov yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytib berdi.
Qayd etilishicha, Rossiya universitetlari 2024-yilda o‘zbekistonlik talabalar uchun ta’lim uchun 800 ta budjet kvotasi ajratadi. U, shuningdek, O‘zbekiston Rossiya oliy o‘quv yurtlarida o‘qish uchun kelgan talabalar soni bo‘yicha yetakchi ekanligini ta’kidladi.
Shuningdek, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb 1,3 milliard dollarga yetdi.
"Rossiya O‘zbekistondan meva-sabzavot yetkazib berishning asosiy bozori bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston eksportining umumiy hajmidagi ulushi 39,9 foizni tashkil etadi", — dedi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov.
Elchining so‘zlariga ko‘ra, YeOII bugungi kunda o‘zbek mahsulotlarini eksport qilishning asosiy yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, u O‘zbekistonning Ittifoqqa to‘laqonli a’zo bo‘lishi tarif, notarif, bojxona va boshqa to‘siqlarni bartaraf etish imkonini berishini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin yil davomida sakkiz marotaba telefon orqali suhbatlashishdi va O‘zbekiston prezidenti tashriflari davomida ikkita ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishdi;
Rossiyaning 25 ta yuqori darajali delegatsiyasi (vazirlar, hudud rahbarlari) O‘zbekistonga tashrif buyurdi;
MDH hukumat rahbarlari uchrashuvi, Sochi va Moskvada;
Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumatlararo uchrashuv;
Rossiya bosh vazir o‘rinbosari Denis Manturov va O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligidagi hukumatlararo komissiya uchrashuvi;
Valentina Matviyenko va Tanzila Narbayeva boshchiligidagi parlamentlararo delegatsiyalar uchrashuvi;
O‘zbekiston prezidenti saylovi davomida Rossiya Federatsiya Kengashi, Dumasi, MSK va Jamoatchilik palatasi vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurishdi;
Xavfsizlik kengashlari rahbariyati Nikolay Patrushev va Viktor Maxmudovlar tomonidan uchrashuv va doimiy dialog saqlanib turibdi;
Mudofaa vazirlari uchrashuvlari va hamkorligi ham doimiy xarakterga ega;
Tashqi ishlar vazirlari ham o‘zaro tashriflar va doimiy aloqalarni saqlab qolmoqda;
Xalqaro miqyosda, jumladan BMT doirasida ham o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va hamkorlik davom etmoqda;
Rossiya BMT rivojlanish dasturlari doirasida O‘zbekistonga yordam ko‘rsatishda davom etmoqda.