TOShKENT, 26 dek — Sputnik. O‘zbekiston milliy tergov amaliyotiga Belarusning jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xodimlaridan iborat delegatsiya Belarusga tashrif buyurib, Tergov qo‘mitasi va uning qo‘yi bo‘linmalari faoliyati bilan tanishdi.
Tergov departamenti vakillari tergovchilarning vakolati, xodimlarga yaratib berilgan shart-sharoitlar, axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan jinoyatlarni yangi turlari va ularni fosh etish hamda tergov qilish mexanizmlari bilan yaqindan tanishishdi.
Tergov qo‘mitasining Raqamli rivojlanish bosh boshqarmasi va qo‘mitaning Minsk shahridagi boshqarmasi faoliyatini o‘rganildi.
“Belarus markaziy tergov organining faoliyatini o‘rganishdan asosiy maqsad, qo‘mitaning jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati, tizimning raqamlashtirish tajribasi, dasturiy ta’minotlari hamda yangi turdagi jinoyatlarni tergov qilishning zamonaviy taktika va metodikalarni o‘rganish va milliy tergov amaliyotiga joriy etishdir”, — deyiladi xabarda.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xodimlaridan iborat delegatsiya Belarusm Tergov qo‘mitasi va uning qo‘yi bo‘linmalari faoliyati bilan tanishdi.
© Sledstvenniy Departament pri Ministerstve Vnutrennix del respubliki Uzbekistan
Tashrif jarayonida delegatsiya a’zolari Tergov qo‘mitasi raisi adliya general-mayori bilan uchrashdi va ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash yuzasidan bir qator chora-tadbirlar to‘g‘risida fikr almashishdi.