TOShKENT, 25 dek — Sputnik. NATO kuchli kuch sifatidagi obro‘sini butunlay yo‘qotdi va Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvda omon qolmaydi. Bu haqda AQSh armiyasining sobiq razvedkachisi Skott Ritter ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“NATO ishonchini yo‘qotdi. NATO zamonaviy armiyalar va zamonaviy texnika bilan to‘ldirilgan ulkan ittifoq degan fikrdan kelib chiqdi. <...>. Ammo ma’lum bo‘lishicha, bu qurollar — chiqindi, NATO armiyasi esa foydasiz”, — dedi ekspert.
Ritter Bundesverning tanazzulga uchrashini alohida ta’kidladi. Sobiq razvedkachining qayd etishicha, G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalari tufayli Germaniya sanoat salohiyatining qisqarishi nemislar o‘z armiyasini tanklar bilan ta’minlay olmasligiga olib keldi.
Tahlilchining fikricha, hozirgi Germaniya armiyasi tinchlik davridagi qurolli kuchlardir. Bundesverga oddiy ish topa olmaganlargina qo‘shiladi, deb hisoblaydi Ritter.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, nemis armiyasi hech qachon texnikada majburiy marshlar o‘tkazmagan va hech qanday kuchga ega bo‘lmagan “semiz odamlar”dan iborat.
"NATO uchun yaxshi xabar shundaki, Rossiya u yerga bormoqchi emas", — deya xulosa qildi Ritter.