Mirziyoyev MDH rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi

Sankt-Peterburgda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 25 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Bo‘lajak tadbir doirasida Hamdo‘stlik mamlakatlari yetakchilari yilning asosiy yakunlarini sarhisob qilishadi hamda MDH makonida ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqishadi.