TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Agar Ukrainadagi mojarodagi vaziyat o‘zgarmasa, 2024-yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putin taktik g‘alabani qo‘lga kiritadi. Bu haqda RIA Novosti "L’Express" fransuz jurnali sharhlovchisi Frederik Anselga tayanib xabar berdi.
“Agar AQSh va Yevropa Kiyevni harbiy samolyotlar va tank diviziyalarining butun otradlari bilan ta’minlamasa, Ukraina Qurolli kuchlariga Rossiya qo‘shinlarini mag‘lub etishda faqat mo‘’jiza yordam berishi mumkin”, — dedi u.
Jurnalistning qo‘shimcha qilishicha, 2024-yilda notinch xalqaro vaziyat prezident Vladimir Putinga ma’qul keladi.
Ukraina Qurolli kuchlari 4-iyun kuni Janubiy Donesk, Artyomovsk va Zaporojye yo‘nalishlarida NATO tomonidan tayyorlangan va xorijiy texnika bilan qurollangan jangovar brigadalarni tashlab, qarshi hujumga o‘tdi. Ammo ular rus qo‘shinlarining taktik mudofaasini ham yengib o‘ta olishmadi va jiddiy yo‘qotishlarga duch kelishdi.