TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Sankt-Peterburgdagi kimoshdi savdosiga qo‘yilgan “Vladimir Putinning tashrif qog‘ozi” narxi 200 ming rublga (2 171,00 $) yetdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 1990-yillardagi tashrif qog‘ozi auksion oldidan 200 ming rublga yetdi. Tashrif qog‘oz xalq deputatlari Leningrad (Sankt-Peterburg) shahar kengashida ishlagan davriga tegishli.
Qayd etilishicha, bugun auksion bo‘lib o‘tadi va savdo boshlanishiga 5 soat qolganda tashrif qog‘oz narxi 200 ming rublga yetgan. Ushbu tashrif qog‘ozidagi bir nechta telefon raqamlari lot kartasida ko‘rsatilganidek, Putinning qo‘lida yozilgan.
Bir hafta oldin shanba kuni maksimal stavka 2,8 ming rublni, boshlang‘ich narxi 1 ming rubl, dushanba kuni maksimal stavka allaqachon 120 ming rublni tashkil etdi.
"Yetakchi taklif 200 000 rubl", — deb ko‘rsatilgan lot kartasida.
Putinning tashrif qog‘ozlari birinchi marta sotuvga qo‘yilayotgani yo‘q. Shunday qilib, 2019-yil oktabr oyida ixtisoslashtirilgan internet-resurslardan birida Sankt-Peterburg meriyasining tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan paytdagi tashrif qog‘ozi 2 million rublga sotuvga qo‘yilgan.
Putin bu lavozimda 1991-yildan 1996-yilgacha ishlagan. Xuddi shu veb-saytda Putinning Leningrad shahar kengashida ishlagan paytdan boshlab "100% original" tashrif qog‘ozi ilgari 950 ming rublga taklif qilingan.