TOShKENT, 23 dek — Sputnik. “2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–213-son, 22.12.2023 y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Farmonga ko‘ra, 2024-yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi:
barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar):
22 mart – juma;
11 aprel – payshanba;
18 iyun – seshanba;
3 sentabr – seshanba;
31 dekabr – seshanba.
6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:
2 yanvar – seshanba;
23 mart – shanba;
12 aprel – juma;
31 avgust – shanba;
30 dekabr – dushanba.
5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko‘chiriladi:
6 yanvar – shanba kunidan 2-yanvar – seshanba kuniga;
13 aprel – shanba kunidan 12-aprel – juma kuniga;
14 dekabr – shanba kunidan 30-dekabr – dushanba kuniga.