TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Si Szinpin "to‘g‘ridan-to‘g‘ri" AQSh prezidenti Jo Baydenga San-Fransiskodagi Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti doirasidagi uchrashuvda Pekin Tayvanni materik Xitoy bilan birlashtirishini aytdi. Bu haqda RIA Novosti NBC nashriga tayanib xabar berdi.
Maqolaga ko‘ra, Xitoy rahbari AQSh prezidentiga amerikalik va xitoylik rasmiylar ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Pekin orolni kuch bilan reintegratsiya qilishdan ko‘ra tinch yo‘l bilan qayta integratsiya qilish tarafdori ekanini aytgan.
Bundan tashqari, Si Szinpin AQSh armiyasining Xitoy Tayvanni 2025 yoki 2027-yillarda “egallab olishni” rejalashtirayotgani haqidagi bashoratlarini eslatib o‘tdi.U bu bashoratlarni rad etib, vaqt chegarasi belgilanmaganini ta’kidladi.
“Bayden va Si Szinpin o‘rtasidagi suhbat mazmuni bilan tanish bo‘lgan rasmiylar Xitoy rahbarini “o‘tkir va ochiqchasiga, lekin qarama-qarshi bo‘lmagan inson” deb ta’rifladilar", — deb yozadi NBC.
Tayvan atrofidagi vaziyat AQSh Kongressi Vakillar palatasining o‘sha paytdagi spikeri Nensi Pelosining o‘tgan yilning avgust oyi boshida orolga tashrifidan keyin sezilarli darajada yomonlashdi.
Orolni o‘z hududlaridan biri deb bilgan Xitoy bu qadamni Tayvan separatizmini qo‘llab-quvvatlash sifatida ko‘rib, rasmiyning safarini qoraladi, shundan so‘ng keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.