Mirziyoyev Xitoy raisiga hamdardlik yo‘lladi

Davlat rahbari zilzila oqibatida halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Sputnik
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi.
Xitoyning Gansu va Sinxay muzofotlarida zilzila oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi.

"Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar shifo topishini tiladi", — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni tunda Xitoy shimoli-g‘arbidagi Gansu provinsiyasi Linsya Xuey avtonom prefekturasi, Szishishan-Baoan-Dunsan-Salar avtonom okrugida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.