bilayn o‘z mobil ilovasini yanada qulayroq qildi

bilayn Rossiyada aloqa xizmatlaridan foydalanishda O‘zbekiston fuqarolari uchun qulaylikni ta’minlash ustida ishlashni davom ettirmoqda — operatorning mobil ilovasi* o‘zbek tilida so‘zlashuvchi foydalanuvchilar uchun tarjima qilingan va moslashtirilgan.
Sputnik
Ushbu o‘zgarish bilayn mahsulot va xizmatlaridan foydalanishni osonlashtirish, oila va do‘stlar bilan muloqotni yanada qulay qilish uchun mo‘ljallangan.
Endi kompaniyaning o‘zbekistonlik mijozlari bilayn mobil ilovasida barcha odatiy operatsiyalarni o‘z ona tillarida bajarishlari mumkin. Telefon balansini to‘ldirish, tarif rejasi sozlamalarini boshqarish yoki boshqa muhim funksiyalarga kirish bo‘ladimi — ko‘p tilli qo‘llab-quvvatlash yordamida bu barcha harakatlarni amalga oshirish ancha osonlashdi.
Ilovaning barcha asosiy ekranlari tarjima qilingan bo‘lib, bu undan foydalanishni tushunarli va qulay qiladi. Tilni alohida almashtirish shart emas - u foydalanuvchi smartfonining tizim tiliga mos keladi. Agar qurilma sozlamalarida o‘zbek tili o‘rnatilgan bo‘lsa, bilayn ilovasi avtomatik ravishda tanlangan tilda ko‘rsatiladi.
Bunday moslashuv nafaqat kompaniya xizmatlaridan kundalik foydalanishni osonlashtiradi, balki til va madaniy xususiyatlarni hurmat qilish, foydalanuvchi tajribasini yaxshilash va Rossiyaning ijtimoiy va madaniy hayotiga chuqurroq integratsiyalashuviga hissa qo‘shadi.
* 12+
Material tijoriy shartlar asosida chop etildi.