Yangi yil oldidan qancha noqonuniy pirotexnika musodara etildi — video

Respublika bojxona organlari tomonidan pirotexnika mahsulotlarini noqonuniy olib kirish va muomalaga chiqarish ustidan nazorat kuchaytirildi.
Sputnik
TOShKENT, 18 dek — Sputnik. O‘zbekiston hududiga pirotexnika mahsulotlarini noqonuniy olib kirish va aylanishiga qarshi kurashish maqsadida bojxona organlari tomonidan mazkur jarayon ustidan nazorat kuchaytirildi hamda tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, shu kunlarda Yangi yil bayramlariga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rish, aholi xavfsizligini ta’minlashga asosiy e’tibor qaratilmoqda.
Bojxona qo‘mitasining ma’lum qilishicha, Yangi yil bayrami arafasida bojxona organlari tomonidan pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq 140 ta qoidabuzarlik holatlari aniqlangan. Natijada umumiy qiymati 2,5 milliard so‘mdan ziyod bo‘lgan 3,2 million donadan ortiq turli pirotexnika vositalari olib qo‘yilgan.
Batafsil Sputnik O‘zbekiston videosida.