O‘zbekiston va YeOII

YeOIIda tovuq tuxumi import bojidan ozod qilindi

Yevroosiyo Iqtisodiy Komissiyasi Kengashi tovuq tuxumlariga nisbatan import bojxona to‘lovlaridan ozod qilish tarzidagi tarif imtiyozlarini taqdim etishga qaror qildi.
Sputnik
TOShKENT, 18 dek — Sputnik. Yevroosiyo Iqtisodiy Komissiyasi Kengashi tovuq tuxumi bozoridagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun vaqtinchalik tarif imtiyozini taqdim etdi, deya xabar berdi komissiya matbuot xizmati.
Yevroosiyo Iqtisodiy Komissiyasi Kengashi tovuq tuxumlariga nisbatan import bojxona to‘lovlaridan ozod qilish tarzidagi tarif imtiyozlarini taqdim etishga qaror qildi.
Imtiyoz 2024-yil 1-yanvardan 30-iyungacha Rossiya Federatsiyasiga 1,2 milliard donaga qadar yetkazib berish uchun beriladi.
“2020 yildan buyon MDHdan tashqari mamlakatlardan yetkazib berish amalga oshirilmadi, bu esa o‘zini-o‘zi ta’minlashning yuqori darajasi bilan bog‘liq edi. Biroq, hozirgi vaqtda, iste’mol talabining ortishi va epizootik vaziyat tufayli ishlab chiqarishning kamayishi fonida, biz tuxum narxining sezilarli o‘sishini ko‘rmoqdamiz, – dedi YeIK savdo vaziri Andrey Slepnev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, vaqtinchalik tarif imtiyozi mahalliy ishlab chiqarish bilan taqqoslanadigan narxda yetkazib berishni ta’minlaydi, xususan Turkiya va Erondan.
“Tadbir qisqa muddatli xarakterga ega bo‘lib, qish va bahorda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan mahsulotlarning iste’mol narxlari oshishini oldini olishga, shuningdek, taqchillikning yuzaga kelishining oldini olishga yordam beradi”, – deya ishonch bildirdi Andrey Slepnev.
Tarif imtiyozlari import qilinadigan tovarning maqsadi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan taqdirda taqdim etiladi.