TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Rossiyaning NATO mamlakatlari bilan hech qanday muammosi yo‘q, aynan ular sun’iy ravishda muammolarni yaratishmoqda, ular Rossiya Federatsiyasi kabi raqobatchini xohlashmaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin jurnalist Pavel Zarubinga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Boshqa davlatlar, jumladan, NATO mamlakatlari bilan ham shunday. Kim bilan muammolarimiz bor? Hech kim bilan emas. Aynan ular biz bilan sun’iy ravishda muammo yaratmoqda, chunki ular Rossiyada bunday raqibga ega bo‘lishni xohlashmaydi. Hammasi shu”, — dedi Rossiya yetakchisi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyaning NATO davlatlari bilan kurashish uchun hech qanday asosi, manfaati yo‘q – na geosiyosiy manfaat, na iqtisodiy, na siyosiy, na harbiy. Rossiya munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdormiz.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Jo Baydenning Rossiyaning NATO davlatlariga hujum qilishi haqidagi bayonotlari mutlaqo bema’nilik.
“Bu mutlaqo bema’nilik, menimcha, prezident Bayden ham buni tushunadi. Bu shunchaki uning Rossiya yo‘nalishidagi noto‘g‘ri siyosatini oqlash uchun aytilgan gap”, — dedi Putin.
Rossiya rahbarining ta’kidlashicha, u bugungi kunda Qo‘shma Shtatlar global rivojlanish nuqtayi nazaridan “ular Rossiyaga strategik mag‘lubiyat keltirishdan 20-yil avval o‘ylaganidek yoki ochiq e’lon qilganidek manfaatdor” deb o‘ylamaydi.
“Bu Qo‘shma Shtatlarning milliy manfaatlariga to‘g‘ri keladi deb o‘ylamayman”, — deya qo‘shimcha qildi Putin.
Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb davlatlari Rossiya bilan til topishishi kerak.
“Ular biz bilan til topishishi kerak, chunki ular biz bilan hisoblashishi kerak”, — dedi davlat yetakchisi.