Qo‘l jangi: o‘zbekistonlik sportchilar Moskvadagi JChda g‘olib bo‘lishdi

Turnir ikki yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazildi va har ikkalasida ham bosh sovrin O‘zbekiston sportchilariga nasib etdi.
Sputnik
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. O‘zbekiston sportchilari Moskvada o‘tkazilgan qo‘l jangi bo‘yicha jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi, deya xabar berdi tadbir tashkilotchilari.
Turnir ikki vazn toifasida – 73 kilogrammgacha va undan yuqori vazn toifasida o‘tkazildi. Tanlovda jami 21 davlatdan vakillar ishtirok etdi.
Moskvada o‘tkazilgan qo‘l jangi bo‘yicha JChda o‘zbekistonlik sportchilar g‘olib bo‘lishdi
Musobaqa yakuniga ko‘ra, yengil vazn toifasida g‘oliblik o‘zbekistonlik Olim Nomurodovga, og‘ir vazn toifasida esa hamurti Ilos Komilovga nasib etdi.
Moskvada o‘tkazilgan qo‘l jangi bo‘yicha JChda o‘zbekistonlik sportchilar g‘olib bo‘lishdi
E’tiborlisi, har ikki yo‘nalishda ham o‘zbekistonlik sportchilar Asadbek Hikmatov va Og‘abek Jumaniyozov kumush medalni qo‘lga kiritdi.